Tumanimizdagi 332-maktabda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Yangihayot tuman xalq taʼlimi boʼlimi hamkorligida “Tarixiy qomusim — yurtim qalqoni!” shiori ostida bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi metodik markazi boʼlim boshligʼi soʼzga chiqib, davlatning dunyo tamaddunidagi mavqei va obroʼ-eʼtibori uning Konstitutsiyasi va qonunlarga rioya etishi bilan belgilanishini taʼkidladi. Tadbir davomida oʼquvchilar tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, tumanning eng salohiyatli tarix va huquq fani oʼqituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.