"AKFA ASSEMBLY" MCHJda korxona mas'ullari va xodimlari uchun “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo'yicha targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda Qonunchilik palatasi deputati va Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida yangi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati, kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida yig'ilganlarga ma'lumot berildi.
Shuningdek, targ'ibot faollari barcha xodimlarni 30-aprel kuni bo'ladigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.