info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Tanlov jarayonida tumanda faoliyat yuritayotgan maktablarning targʼibotchilari oʼz faoliyatlarini yoritib berdilar

timeicon 12-04-2022

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangihayot tuman tuman boʼlinmasi tomonidan ijodiy-madaniy masalalar boʼyicha targʼibotchilar oʼrtasida “Eng faol ijodiy-madaniy masalalar boʼyicha targʼibotchi” Respublika tanlovinining tuman bosqichi oʼtkazildi.

Tanlov jarayonida tumanda faoliyat yuritayotgan maktablarning targʼibotchilari oʼz faoliyatlarini yoritib berdilar.

Tanlovda 1-oʼrinni 3- umumtaʼlim maktabining targʼibotchisi Zulfiya Moʼminova, 2-oʼrinni 329- umumtaʼlim maktabining targʼibotchisi Ravshan Qodirov, 3-oʼrinni 334- umumtaʼlim maktabining targʼibotchisi Shodieva Saltanatlar egallab, shahar bosqichiga 1-oʼrin sohibasi Zulfiya Moʼminova yoʼllanma oldi.

Gʼoliblarga Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangihayot tuman boʼlinmasi tomonidan fahriy yorliq va kitoblar toʼplami taqdim etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech