Tumanimiz aholisining munosib turmush sharoitlarda yashashi, murojaatlari oʼz vaqtida ijobiy hal qilinishi uchun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan kommunal soha xodimlari tomonidan «Chorbogʼ» mahallasi Yoʼldosh-1 mavzesi, 18-uy oldida D-76 mm boʼlgan 100 pogonametr issiq suv quvuri almashtirilmoqda. Mahallaning Qoʼrgʼontepa koʼchasida esa, oqava suv qudugʼining qopqogʼi almashtirilmoqda.Taʼmirlash ishlari yaqin fursatlarda yakunlanadi.
Tumanimiz fuqarolarini yuzaga kelgan nosozliklarni toʼgʼri tushunib, muammolarni hamjihatlikda bartaraf qilishga chaqiramiz!