Bugun tuman hokimligi majlislar zalida «Tamagirlik holatlariga mutlaqo yoʼl qoʼymaslik va korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashish» mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishda tuman hokimining birinchi oʼrinbosari, Tuman prokurori oʼrinbosari, tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʼi, moliya boʼlimi boshligʼi, tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish boʼlimi boshligʼining oʼrinbosari, hokim yordamchilari qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Unda korruptsiya-jamiyat rivojiga tahdid soladigan asosiy illat ekanligi, mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida koʼplab ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.