info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Taʼlim sifatini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda

Taʼlim sifatini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda
timeicon 21-01-2025

Taʼlim sifatini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda

Kuni kecha tumanimizning 329-sonli umumtaʼlim maktabida tuman hokimi, masʼullar va maktab direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda joriy yilda maktab va maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida bugungi kunda yoshlar oʻrtasida avj olayotgan psixotrop moddalar, giyohvandlik vositalari, turli yod gʻoyalar taʼsiridan ularni asrash, buning uchun taʼlim muassasalarida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va shu bilan birga, oʻquvchilarning dars jarayonlarida faol ishtirokini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunida tuman hokimi maktablarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, oʻquvchi yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha masʼul idora rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech