Tumanimizdagi Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumida "Ta'lim sifatini oshirish va o'quvchi-yoshlarni ta'limga jalb qilish" mavzusida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.
Bundan maqsad ta'lim sifatini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish va o'quvchi-yoshlarda tadbirkorlikka oid ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Unda 2-, 3- va 8-umumta'lim maktabining bitiruvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida o'qituvchilar uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish mavzusida ochiq dars va seminar-trening tashkil etildi. Shuningdek, bitiruvchilarning texnikumdagi qisqa muddatli kurslar bilan tanishuvi bo'lib o'tdi.