Kuni kecha 32-umumtaʼlim maktabida tumandagi “Berdiyor ota” masjidi imom xatibi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, tuman nuroniylari va mahallaning faol fuqarolari, yoshlar ishtirokida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida boʻlib oʻtgan tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar shu vaqtga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so'z yuritib, yoshlarda vatanga daxldorlik tuygʻusini shakllantirish, mehr-oqibat, bugungi kundan shukronalik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlash lozimligini taʼkidladilar.
Taklif etilgan sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbir ruhiga yanada fayz qoʻshdi.