info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Yangi Oʻzbekiston yoshlar forumi-2022” doirasida тadbirlarimiz davom etadi

timeicon 16-02-2022

Tadbirlarimiz davom etadi.

Forum doirasida 330- va 332-sonli umumtaʼlim maktabida turli sport turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtmoqda.

Koʻrib turganingizdek, mahalla yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqalarda yoshlarimiz faol ishtirok etishmoqda.

“Yangi Oʻzbekiston Yoshlar forumi-2022” doirasida mahalladagi yoshlar yetakchisi faolligi bilan “Yangi Umid” mahallasi 329-maktabda “Besh muhim tashabbus mahallada” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi

Forum doirasida tumanimizning “Choshtepa” mahallasi 32-umumtaʼlim maktabida mahalladagi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan umumiy sayl boʻlib oʻtdi.

“Humo” mahallasida sport musobaqalarida mahalla yoshlari oʻzaro kuch sinashdi.

“Yangi Oʻzbekiston Yoshlar forumi-2022” doirasida tumanimizdagi ishsiz va bitiruvchi yoshlarning “IMZO” korxonasiga sayohati tashkil qilindi. Yoshlar korxona faoliyatini yaqindan oʻrganibgina qolmay, korxonadagi boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishish imkoniga ega boʻldi.

Yoshlar forumi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarning navbatdagi manzili “Olchazor” mahallasi boʻldi. Bu yerda shoir Bobur Bobomurod ishtirokida yoshlar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ijodiy uchrashuv doirasida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda, sheʼriyat olami bilan yaqindan tanishishdi.

Tumanimizning “Doʻstlik” mahallasi yoshlari ham bugungi tadbirlarda faol ishtirok etdi.
Mahallada yoshlar festivali sport musobaqalari, harbiy orkestr chiqishlari hamda milliy oʻyinlarimizni uygʻunlashtirgan holda, koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi.

“Ibrat” mahallasi 8-umumtaʼlim maktabida hamda “Viqor” mahallasi 2-umumtaʼlim maktablarida besh muhim tashabbus yoʻnalishlarida turli musobaqalar boʻlib oʻtdi.
Shu bilan birga bilimdon oʻquvchilardan iborat jamoalar oʻrtasida “Zakovat” intelektual oʻyini tashkil qilindi.

Yangihayot tumani “Xoʻja Uchqun” MFY va “Jaloyir”MFY esa yoshlari bilan birgalikda sport oʻyinlari koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech