Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida "Qari bilganni pari bilmas" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda tuman bosh imom xatibi va din ishlari bo'yicha bosh mutaxassis ishtirok etib, nuroniylarning hayotimizdagi o'rni, ularga har qanday vaziyatda yordam qo'lini cho'zish kerakligi, shu bilan birga, internetdagi axborotlarni saralab ko'rish, yot g'oyalar ta'siriga tushib qolmaslik uchun ehtiyotkor bo'lish haqida so'z yuritdi.
Tadbir so'ngida ofitserlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.