info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Tadbir soʻngida ishtirokchilarga 1000 dona kitoblar sovgʻa qilindi

timeicon 25-03-2022

Kuni kecha Yangihayot va Sergeli tumanlarining 250 nafar yoshlari bilan diniy-maʼrifiy mavzuda uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarlari, Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, har ikki tumanning sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida din ishlari qoʻmitasi vakillari tomonidan seminar mashgʻulotlari va yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir soʻngida ishtirokchilarga 1000 dona kitoblar sovgʻa qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech