Kuni kecha tumanimizdagi xotin-qizlarning tadbirkorlik qilish boʻyicha bilimlarini yanada oshirish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish maqsadida Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bilan hamkorlikda oʻquv seminari tashkil etildi.
Seminarda 2- va 3-sektor hududida yashovchi “Ayollar daftari”da turgan tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlar ishtirok etdi. Ularga tadbirkorlik qilish sirlari o‘z biznesini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish, biznes g‘oyalarini tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilari oʻrtasida mavzuga doir bahs-munozaralar boʻlib oʻtdi va takliflar tinglandi.