"So'nggi qo'ng'iroq-2024": xavfsizlik masalasi birinchi o'ringa qo'yildi
Bugun tumanimizning 331-sonli umumta'lim maktabida tuman maktabgacha bo'limi boshlig'i, maktab direktorlari va mas'ullar ishtirokida "25-may so'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini xavfsiz o'tkazish yuzadidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida maktab direktorlariga so'nggi qo'ng'iroq tabdirlarini tashkil etishda belgilab qo'yilgan nizomlardan chetga chiqmasligi, bitiruvchi yoshlar bilan ortiqcha dabdabozlikka yo'l qo'ymasligi bo'yicha o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borishi kerakligi ta'kidlab o'tildi.
Shuningdek, yig'ilishda mazkur bayram tadbirlarini xavfsiz o'tkazishga mas'ul bo'lgan tashkilot vakillari ham qatnashdi. Unda turli ko'ngilsiz holatlar yuz berishining oldini olish hamda o'quvchilarining xavsizligini ta'minlash bo'yicha chora tadbirlarni samarali tashkil qilish masalasi kelishib olindi.