Tumanimiz hududida joylashgan "Sun Tex" MCHJda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari tashabbusi bilan "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Tadbir davomida deputatlar va 30 dan ortiq yoshlar korxona faoliyati, to‘qimachilik va parda mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari hamda u yerdagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi.
Bundan tashqari, korxona rahbari tomonidan o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilayotgan kreditlar va mavjud shart-sharoitlar haqida tushunchalar berildi.