info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Subsidiyalar egalariga topshirildi

Subsidiyalar egalariga topshirildi
timeicon 05-06-2024

Subsidiyalar egalariga topshirildi

Kuni kecha Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i tumanimizda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida “Navqiron”, “Olchazor”, “Yangi Turmush”, “Yorqinhayot” mahallalarida yashovchi 10 nafar ishsiz ayollarga subsidiya asosida tikuvchilik uskunalari topshirilib, ularning bandligi ta’minlandi.

Shundan so‘ng, “Navqiron” mahallasi binosida 15 nafar fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi. Unda 4 nafar fuqaroning muammolari joyida hal etilgan bo‘lsa, 11 nafar murojaat egalariga zarur tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Navbatdagi manzilda "OIlaviy tadbirkorlik" dasturi doirasida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 5 nafar ishsiz ayolning bandligini ta’minlashga erishgan “Mash’al” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, og‘ir ahvolga tushib qolgan 2 nafar fuqarolar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech