info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Subsidiya olish uchun fuqaro 18 yoshga toʼlgan boʼlishi kerak

timeicon 26-03-2022

Bugun tuman subsidiya komissiyasi va fuqarolar ishtirokida navbatdagi yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda aniqlanishicha, subsidiya olish istagida ariza bergan fuqarolar 45 nafar boʼlib, ularning 22 nafariga ijobiy xulosa berildi.

Eslatib oʼtamiz, mazkur subsidiya mablagʼlari faqatgina uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʼlgan oilalar, ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa Oʼzbekiston fuqarolariga ajratiladi.

Subsidiya olish uchun fuqaro 18 yoshga toʼlgan boʼlishi kerak. Аgar fuqaro mehnat migranti boʼlganda, uning nomidan oila aʼzolari ham ariza berishi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech