Bugun tuman subsidiya komissiyasi va fuqarolar ishtirokida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda aniqlanishicha, subsidiya olish istagida ariza bergan fuqarolar 42nafar boʻlib, ularning 12nafariga ijobiy xulosa berildi.
Subsidiya olish istagida boʻlgan fuqarolarga tavsiyalar:
1. Subsidiyaga sotiladigan uy topishingiz kerak (kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan boʻlishi shart).
2. Uyning boshlangʻich pulini toʻlashga jamgʻarib qoʻygan pulingiz boʻlishi ( masalan siz 400 mln soʻmlik uy olmoqchi boʻlsangiz, davlat sizga 32 mln toʻlab beradi, uyni narxini 15%i dan kam boʻlmagan qismini siz toʻlashingiz kerak, yaʼni 400 mln ni 15 %i 60 mln boʻladi, shunda 32 mln davlat toʻlab bersa siz 28 mln boshlangʻich toʻlovni toʻlashingiz kerak.)
3. Uyni narxini 15% toʻlangandan keyin qolgan 85% 20 yilga kredit qilib beriladi, shu kreditni har oy toʻlashga yetadigan oylik maoshi yoki kafil topishingiz kerak.
4. Eng asosiysi nomingizda yoki turmush oʻrtogʻingiz nomida uy-joy boʻlmasligi kerak.
5. Yuqoridagi 4 ta shartga mos kelsangiz unda DXM (Davlat xizmatlar markaziga, yagona darchaga) yoki my.gov.uz sayti orqali subsidiyaga ariza berishingiz mumkin.