info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Subsidiya — bu boʻyicha ariza topshirgan har bir talabgorga pul mablagʻi beriladi degani emas

timeicon 17-03-2022

Bugun tuman subsidiya komissiyasi hamda tumanimiz fuqarolari ishtirokida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda subsidiya olish maqsadida hujjat topshirgan 52 nafar fuqaroning arizasi koʻrib chiqildi. Ushbu fuqarolarning 22 nafariga uy-joy olish uchun subsidiya ajratildi.

 Eslatib oʻtamiz, subsidiya — bu boʻyicha ariza topshirgan har bir talabgorga pul mablagʻi beriladi degani emas. Buning uchun bir qator talab va holatlarga javob berish lozim.

Subsidiya berilishi uchun avvalambor masʼul organlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya ariza beruvchilarga mezonlar boʻyicha ball beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech