Yoshlarda vatanparvarlik ruhini uygʻotish, ularda jamiyatda boʻlayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik hissini shakllantirish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamda 98162 harbiy qism bilan hamkorlikda tumandagi 303-sonli IDUMda davra suhbati tashkil qilindi.Suhbatda Toshkent shahar 98162 harbiy qism katta leytenanti ishtirok etdi.
Shu bilan birga harbiy ansambl, askarlarning turli sport turlari boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari, musiqiy dasturlari oʻquvchilar uchun namoyish qilindi.