Dunyodagi eng mashhur oʻyinlardan biri bu futbol. U hamma joyda oʻynaladi: stadionlarda, sport zallarida, hovlilarda, kichik maydonchalarda va hattoki dam olish paytida. Chunki, u millionlar oʻyini!
Kuni kecha tumanimizning 8-maktabida “Umid nihollari”sport musobaqasining “mini futbol” sport turi boʻyicha tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Bahslar 5-6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida tashkillashtirildi. Qizgʻin kechgan oʻyinlarda 8-maktab jamoasi faxrli 1-oʻrinni, 330-maktab jamoasi 2-oʻrinni, 3-maktabning yosh futbolchilari 3-oʻrinni egalladi.