info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Sog‘lom ona-sog‘lom avlod” mavzusida seminar bo'lib o'tdi

timeicon 11-02-2023

Tumanimizdagi Toshkent shahar 1-sonli tug'ruq kompleksida “Sog‘lom ona-sog‘lom avlod” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarni o'tkazishdan maqsad Toshkent shahar Yangihayot tumani aholisi, ayniqsa, ayollar salomatligini mustahkamlash, tibbiy savodxonlikni yanada oshirish masalalari bo'yicha mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta'minlashdan iborat.

Tadbirga Sergeli tumani Tibbiyot birlashmasi rahbarlari va soha mutaxassislari ham taklif etildi. Tadbirda so'zga chiqqanlar onalar va bolalarning bevaqt o‘limini oldini olish, mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas’ulligini oshirish hamda ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga doir o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech