Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi oʼttiz sakkizinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.
Unda tumanda “Аyollar daftari”ni yuritish orqali amalga oshirilayotgan ishlar hamda Vazirlar Mahkamasining Xotin-qizlar muammolarini oʼrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi oʼrinbosari oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi vazifasini bajaruvchining hisoboti tinglandi va tegishlicha qarorlar qabul qilindi.
Maʼlumot uchun, “Аyollar daftari”ga kiritilgan 73 nafar xotin-qizlarning har biriga “Аyollar daftari” jamgʼarmasi hisobidan 300 000 soʼmdan hamda “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi hisobidan 250 nafar xotin-qizlarning yurtimizdagi soʼlim goʼshalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlariga sayohatlarini tashkil etish reja qilingan.