Tumanimizda tashkil etilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” oʻquv markazida joriy yilning fevral oyidagi oʻquv mashgʻulotlarida qatnashgan 15 nafar nikohlanuvchi yoshlarga mashgʻulotlarda ishtirok etgani haqida sertifikatlar taqdim etildi.
Yoshlarga sertifikatlar tuman FXDYO boʻlimida tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, tuman FXDYO boʻlimi rahbari hamda oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan oʻqituvchilar tomonidan tantanali ravishda taqdim etildi.