Sektor rahbarlari mahallalarda!
Bugun ertalabdan tuman hokimi va sektor rahbarlari mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishishdi.
Xususan, tuman hokimi “Choshtepa” mahallasida bo’lib, “mahalla yettiligi”, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlari bilan suxbatlashib, markaziy ko’chalardan boshlab, mahalla, ko’p qavatli uylar atrofini tozalash, hududdagi obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo’yicha topshiriqlar berdi.
Sektor rahbarlari ham o’zlariga biriktirilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirib, mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha ko’rsatma berishdi.