Bugun Toshkent shahar hokimligi va hududiy ishchi guruhi xodimlari tomonidan boʼlib oʼtgan sayyor uchrashuvda Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahalla fuqarolari bilan ham suxbatlashildi.
Uchrashuvda “Yangi Choshtepa” mahallasida “Toshkent xalqa avtomobilь yoʼli”ga chiqishda yer usti piyodalar oʼtish yoʼlagini qurish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtildi.
Shuningdek, uchrashuvda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish choralari ham muhokama qilindi.