Sayyor qabulda subsidiyalar o‘z egalariga topshirildi
Kuni kecha tumanimizning “Yangi Turmush” mahallasida Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan ishsiz va mehnat migratsiyasidan qaytgan 21 nafar fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarning 5 nafariga doimiy ishga joylashishlari uchun ko‘mak ko‘rsatildi. Yana 4 nafar ishsiz fuqarolarga esa kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanma berildi.