Sayyor qabulda yoshlar muammolari o'rganildi
Kuni kecha tuman hokimi "Yangi Hayot" va "Yangi Umid" mahallalarida istiqomat qiluvchi 11 nafar yoshlarning murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida ularni tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish, shartnoma to'lovini qoplab berish va uy-joy bilan bog'liq masalalar qiynab kelayotgani ma'lum bo'ldi.
Shundan so'ng, tuman hokimi murojaatlar yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar belgilab berdi.