Tumanimizdagi 329-umumta'lim maktabida bolali oilalarga beriladigan nafaqa va moddiy yordam hamda fuqarolarga pensiya tayinlash bo'yicha sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi rahbariyati, Yangihayot tumani hokimligi mas'ullari va tuman prokuratura bo'limi ishtirok etdi. Qabulda jami 46 nafar fuqaro o'z murojaatlari bilan qatnashib, o'zlarini qiynayotgan masalalar bo'yicha mutasaddilarga yuzlanishdi. Bir qator masalalar joyida o'z yechimini topdi.
Shuningdek, qabulda aholiga pensiya tayinlashning yangi tartibi ham tushuntirildi.