Bayram munosabati bilan tumanimizdagi barcha mahallalarda imkoniyati cheklanganlarning holidan xabar olish, ularni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish maqsadida xayriya aktsiyalari oʼtkazildi.
Saxovatli insonlar homiyligi asosida tumanimizdagi 30 ta mahalla fuqarolar yigʼini tomonidan oilalarga borib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Bu kabi hayrli amallar yaxshi insonlar koʼmagida yana davom etishi, shubhasiz.