Bugun ertalabdan tumanimiz hududida Respublika ishchi guruhi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari boshchiligida yigʻilish oʻtkazildi.
Unda tuma hokimi o’rinbosarlari, mahalla raislari, tuman kommunal soha xodimlari va boshqa tegishli idora va tashkilot xodimlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda tumanning barcha sektor hududlarida tozalash va obodonlashtirish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish, aholi muammolarini o’rganish, ularning yechimini topish bo’yicha mahalla raislari va mutasaddi tashkilotlar ishchi guruhlarga biriktirildi. Har bir mas'ulga aniq topshiriqlar berildi.
Hozirda ishchi guruhi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.