Bugun telegram messenjerida tumanda elektr bilan bogʼliq muammo kuzatilayotgani boʼyicha tuman fuqarosining noroziligi aks etgan video tarqaldi.
Shuni maʼlum qilamizki, elektr bilan bogʼliq muammo birgina tumanimizda emas, balki boshqa hududlarda ham kuzatilmoqda. Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sababli, aholining elektrga boʼlgan isteʼmol talabi oshgan. Bu esa oʼz oʼrnida yerosti kabellarida texnik nosozliklarni yuzaga keltirmoqda.
Bugunning oʼzida tumanda 2 ta katta avariya holati aniqlandi. Kommunal soha vakillari tomonidan ushbu nosozliklarni imkon qadar tezroq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, yana nosozlik holati yuzaga kelganda uni bartaraf etish uchun barcha ishchilar va texnikalar shay holatga keltirilgan.
Barchangizdan vaziyatga toʼgʼri baho berishingizni soʼraymiz. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr.