Ijtimoiy tarmoqlarda tumanimizning “Chortoq”mahallasidagi asosiy yoʼli taʼmirlash uchun yopilgani, mahalladagi boshqa yoʼldan foydalanayotgan avtomashinalarga esa mahalla fuqarolari qarshilik bildirib, u koʼchani ham oʼzboshimchalik bilan berkitib qoʼyishgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Chindan ham bugungi kunda “Chortoq” mahallasi, Chortoq koʼchasining Qanora va Rayhon koʼchasi kesishmasidan 4R21-Toshkent aylanma yoʼligacha boʼlgan qismida yoʼlni rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Shu bois, ushbu koʼchada avtotransport harakati vaqtincha cheklangan va avtotransport vositalari harakatlanishni oʼsha yerdagi boshqa koʼchadan amalga oshirilayotgan edi. Biroq, mahalla ahliga bu noqulaylik keltirib chiqargani uchun yoʼl oʼzboshimchalik bilan yopib qoʼyilgan.
Mazkur holat oʼsha kunning oʼzidayoq tegishli mutasaddilar tomonidan oʼrganildi va muammo har ikki tarafning fikrlarini inobatga olgan holda bartaraf etildi.
Hozirda oʼzboshimchalik bilan berkitib qoʼyilgan koʼcha yengil avtomabillar uchun ochib berildi.
Аmmo, avtobus va boshqa turdagi yuk mashinalari uchun 4R21-Toshkent aylanma yoʼli orqali harakatlanishlari tavsiya etiladi.