RASMIY MUNOSABAT
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlardan birida “Yolg’iz ona: “Mahalla mas’ullari yashab turgan uyimizni sotmoqchi” nomli material e’lon qilindi.
Holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Murojaatchi fuqaro Xudoyberganova Ra’no Xudoybergan qizi uy-joyi yo’qligi, 4 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, yolg’iz ona ekanligini bildirib, “Yo’ldosh” mahalla Kengashiga murojaat qilgan va hududdagi “Yo’ldosh-9” mavze, 28-uy, 2-xonadonda ko’p yillar davomida hech kim yashamasligini aytib, ushbu xonadonga vaqtincha yashab turishni iltimos qilgan. Shuningdek, 2022-yil 20-iyunda birinchi zarurat tug’ilganda ushbu xonadonni bo’shatib berishini tushuntirish xati orqali ma’lum qilgan.
Shundan so’ng, ushbu xonadonga fuqaro 4 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan og’zaki ravishda qisqa muddatga vaqtinchalik yashab turish sharti bilan mahalla faollari, profilaktika inspektori hamda “Nasibali xonadon” XUJMSH rahbari ishtirokida xonadonga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda, ushbu uy IIB hisobida bo’lib, uchastka noziri, uy-joy shirkatida ushbu uyni sotish vakolati mavjud emas.
Hozirgi kunda fuqaroga bir necha bor ogohlantirish va tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan uyni ixtiyoriy ravishda bo’shatib berishdan bosh tortib kelayotganini ma’lum qilamiz.