Rasmiy munosabat
yuz.uz saytida "Yangihayotdagi "hayot" haqida" sarlavhali fuqaro murojaati e'lon qilindi.
Unda Yangihayot tumani, 8-hudud, 39-, 40-, 88-uylarning atrofi, ariqlar maishiy chiqindilar bilan to'lgani aks etgan fotosuratlar ilova qilingan.
Hozirda mazkur hudud boshqaruv servis kompaniyalari xodimlari tomonidan tozalanib, tartibga keltirildi va ariqlardan chiqindilar olib tashlandi.
Shu o'rinda, fuqarolarimizdan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslikni va o'z uylarining atrofini toza-ozoda saqlashlarini so'rab qolamiz!