Rasmiy munosabat
Bugun “Tashkent_Land” telegram kanalida Yo’ldosh-6 mavzesidagi 2 ta daraxtning kesilgani haqida material e’lon qilindi.
Mazkur holat bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Ushbu daraxtlarni kesish bo’yicha Xalq nazorati portaliga fuqarolardan murojaat kelib tushgan. Shundan so’ng, Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan daraxtlarning holati o’rganilganda, ular haqiqatdan ham qurib qolgani aniqlangan.
Ushbu daraxtlar tabiiy omillar ta’sirida qurib qolganligi hamda insonlarning salomatligi va molk-mulkiga zarar yetish xavfini tug’dirgani bois, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 37-moddasi 3-qismiga asosan hamda boshqarma xulosasi asosida, Yangihayot tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.