Rasmiy munosabat
Kuni kecha telegram kanallaridan birida Yo’ldosh-6 mavzesidagi bolalar o'yingohi xavfsizlik talablariga javob bermasligi haqida fuqaroning video murojaati e'lon qilindi (https://t.me/Tashkent_land/22942?single).
Murojaat yuzasidan mutasaddilar mazkur o'yingohga borib, vaziyatni o'rganishdi va bugun maydonchadagi arg'imchoqni boshqa xavfsiz joyga ko'chirib o'tqazishdi. Shuningdek, boshqa arg'imchoqlarning ham xavfsizlik talablariga javob berishi tekshirildi.
Bolalar xavfsizligiga befarq bo'lmagan tumandoshimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.