info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat
timeicon 17-11-2022

 

Bugun “NazoratUz” telegram kanalida ikki JEK orasida sarson boʼlayotgani aytilgan fuqarolarning video murojaati eʼlon qilindi (https://t.me/NazoratUzOfficial/15580).

Mazkur masala boʼyicha masʼul xodimlar tomonidan tezkor tashkiliy ishlar olib borildi va oʼrganishlar davomida aholi xonadonining ichki qismida nosozlik yuzaga kelganligi aniqlandi. Fuqarolar murojaati asosida tuman kommunal soha vakillari tomonidan oqava suv tizimidagi nosozlik bartaraf etildi.

Taʼkidlash joiz, “Koʼp kvartirali uylarni boshqarish toʼgʼrisida”gi qonunning 11-moddasida keltirilishicha (https://lex.uz/docs/4586282), koʼp kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi davlat nazorati Oʼzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligi huzuridagi Koʼp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspektsiyasi va uning hududiy inspektsiyalari tomonidan oʼrganishlar hamda monitoring oʼtkazish orqali amalga oshiriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech