Kuni kecha Facebook ijtimoiy tarmogʼida “Daraxtlarga oʼxshab endi bolalar maydonchalariga ham moratoriy eʼlon qilish kerak(mi)?!” sarlavhali maqola eʼlon qilindi. Unda bolalar maydonchasi joylashgan joyga yarim tunda doʼkon oʼrnatib ketilgani haqida aytilgan.
Maʼlum boʼlishicha, “Temur savdo” xususiy korxonasi tomonidan koʼchma savdo uchun “Yangi Umid” mahallasi, 34-uy oldidagi 40 kv.m. boʼsh turgan joy joriy yilning 25 may kuni elektron onlayn auktsion orqali 36 oy muddatga sotib olingan. Lekin shu yerda yashovchi aholining noroziligi sabab yengil turdagi qurilma yuridik shaxs tomonidan oʼzboshimchalik bilan bolalar maydonchasi hududiga oʼrnatilgan.
Tuman hokimligi tomonidan “Temur savdo” xususiy korxonasi rahbari bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramay, yana oʼzboshimchalik holatiga yoʼl qoʼyilgan. Qolaversa, yuridik shaxs tomonidan oʼrnatilgan savdo doʼkoni koʼchma savdoni amalga oshirish talablari va shartlariga zid. Bugunning oʼzida muammo bartaraf etilib, koʼchma savdo doʼkoni bolalar maydonchasi hududidan olindi.
Tuman hokimligi fuqarolar murojaati doim eʼtiborda ekanligini, har bir murojaatga qonuniy ravishda chora koʼrilishini maʼlum qiladi.