Bugun NazoratUZ (https://t.me/NazoratUzOfficial/14315) telegram kanalida Yangihayot tumani Margʼib koʼchasida ichimlik suvi yoʼqligi toʼgʼrisida fuqarodan murojaat kelib tushgani xabar qilingan. Mazkur holat yuzasidan tuman mutasaddilariga maʼlum qilindi.
“Toshkent” mahallasiga qarashli Margʼib koʼchasini suv bilan toʼliq taʼminlash va holatni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Suv taʼminoti tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, muammoning kelib chiqish sabablari oʼrganilmoqda. Hozirda aholi Suv taʼminoti boʼlimi tomonidan vaqtincha maxsus suv tashish mashinalari orqali suv bilan taʼminlanmoqda. Tez orada muammo toʼliq bartaraf etiladi.