Bugun telegramdagi @NazoratUzOfficial kanalida «Yangi Choshtepa» mahallasidagi suv muammosiga oid material eʼlon qilindi.
Shuni maʼlum qilamizki, bugungi kunda mahalladagi mavjud ichimlik suv quvurining 2 km qismini yangi quvurga almashtirish ishlari olib borilmoqda. Hozirda 1,5 km qismi yakunlandi. Bugun ish jarayonida bir qator nosozliklar yuzaga kelgani bois, ularni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. 00:00ga qadar mahalla ahli suv bilan toʼliq taʼminlanadi.
Suv quvuri toʼliq almashtirilgach esa mahallada suv bilan bogʼliq muammo oʼz yechimini topadi.