Rasmiy munosabat
Bugun @ekologuz telegram kanalida Yangihayot tumani “Humo” mahallasi yonida chiqindi uyumlari toʼplanib yotgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan tuman ekologiya boʼlimi, tuman obodonlashtirish boʼlimi, tuman maxsustrans xizmati boʼlimlari tomonidan joyiga chiqib vaziyat oʼrganildi.
Аyrim fuqarolarning beparvoligi ortidan belgilanmagan joyga chiqindilar tashlangani sababli koʼp qavatli uyning oldi chiqindi uyumiga aylangan. Ushbu koʼngilsiz holatni bartaraf etish uchun maxsustrans xizmati xodimlari tomonidan ushbu joy chiqindilardan butkul tozalandi.
Аytish joizki, tumanimizni ozoda saqlashga har bir fuqaro masʼuldir. Shu bois, fuqarolardan oʼz yashash joylarini toza saqlash va chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashlarini soʼrab qolamiz. Maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning tegishli moddasiga koʼra jarimaga tortiladi.