“Аks-sado” telegram kanalida “Sergeli-1 dahasi metro yoʼliga yaqin 52- va 53-raqamli koʼp qavatli uylarning oldidagi bolalar maydonchasining achinarli ahvolga kelib qolgani” haqidagi video material eʼlon qilindi.
Fuqaro tomonidan olingan videoda bolalar maydonchasi quvurlar oʼtkazilganidan keyin shu ahvolga kelib qolgani, argʼimchoqlar yaxshi oʼrnatilmagani aks etgan.
Maʼlumotlarga koʼra, suv taʼminoti korxonasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish maqsadida D-110 mm hajmli 70 m uzunlikdagi ichimlik suv quvurlari yangilangan. Shu sababli, bolalar maydonchasidagi argʼimchoqlar vaqtincha oʼrnidan olib turilgan.
Hozirda bolalar maydonchasi avvalgi holatiga qaytarildi va bolalar oʼynashi uchun xavfsiz qilib oʼrnatildi.