info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat
timeicon 21-01-2022

Kuni kecha ijtimoiy tarmoq orqali “Yorqinhayot” mahallasi fuqarosi boʻlgan Mavjuda Gulyamova tomonidan Yoʻldosh-17 mavze, 6 uy, 42 xonadonda yashovchi imkoniyati cheklangan bir nechta fuqaroga koʻmak koʻrsatilmayatganligi haqida material eʼlon qilingan.

Shuni maʼlum qilamizki, ushbu manzilda yashovchi fuqarolarga shu vaqtga qadar tuman hokimligi, homiylar, “Yorqinhayot” MFY xodimlari tomonidan moddiy yordam koʻrsatib kelinmoqda. Jumladan, ushbu manzilda yashovchi M.Shabdiyeva “Temir daftar”ga, Y.Shabdiyeva “Ayollar daftari”ga kiritilgan boʻlib, ularga tibbiy, moddiy, psixologik yordamlar berilmoqda.

Tuman hokimligi koʻmagida homiylar jalb etilib, 2021-yil may oyida fuqarolarning xonadoni taʼmirlab berildi. Shuningdek, uy jihozlari (gilam, mikro toʻlqinli pech, kir yuvadigan mashina) ham homiylik asosida olib berilgan. Shu manzilda yashovchi yana bir fuqaro A. Ismailova ham nogironlik aravachasi bilan taʼminlangan. Tuman hokimligi, mahalla koʻmagida oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy koʻmak koʻrsatilgan.

Shuningdek, bugungi kunda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan fuqaro Y.Shabdiyeva, M.Shabdiyeva hamda A.Ismailovalarni muomilaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorini olish uchun tegishli xujjatlar tayyorlanib, Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik sudiga taqdim etilgan. Sudning qarori chiqishi bilan fuqarolarning qarindoshi Kamilov Umid Usmonovichga vasiylik belgilanib, muruvvat uyiga joylashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech