"Prokuror va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi
Kuni kecha tumanimizning 329-maktabda tuman prokurori o‘rinbosari 50 nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashdi.
Muloqotlar davomida ularning 15 nafari o‘zlarining muammo va takliflari bilan mas’ullarga yuzlandi. Tegishli idora vakillari esa murojaatni yozib olib, muammoni tez fursatda hal etilishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, shu yerning o‘zida ishlash istagida bo‘lgan yoshlar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.