Bugun Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, mas’ul rahbarlar hamda mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida bir qator dolzarb masalalar ko‘rildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, profilaktika inspektorlarining ish samaradorligi tahlil qilinib, faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlar tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, yig‘ilish yakunida xizmat vazifasini namunali bajarayotgan bir qator xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.