Bugun tumanimizdagi 330-sonli maktabda yongʻinlar, is gazi va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Unda FVB huzuridagi Toshkent shahar hayot faoliyati xavfsizligini oʻqitish markazi va Yangihayot tumani FVB xodimlari tomonidan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir davomida mavsumiy kasalliklar, xususan, qizamiqning bolalar orasida tarqalishini oldini olish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi. SEO va JSQ Yangihayot tuman boʻlimi epidemiologiya va immunaprofilaktika boʻlimi masʼullari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.