Probatsiya nazoratidagi fuqarolarning sayyor sudi bo‘lib o‘tdi
"Olchazor" mahallasida huquqni muhofaza qilish idoralarining mas’ul xodimlari va probatsiya ro‘yxatida turuvchi shaxslar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolarga giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan qonuniy choralar va uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Bundan tashqari, shu yerning o‘zida to'g'ri yo‘lga qaytgan 13 nafar fuqaroning jazosini yengiliga almashtirish yuzasidan sayyor sud bo‘lib o‘tdi. Yakunida ular sud tomonidan o‘rnatilgan cheklov va majburiyatlaridan shartli ravishda ozod qilindi.