info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Yangihayotda bo‘ldi

Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Yangihayotda bo‘ldi
timeicon 19-04-2025

Bugun Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Yangihayot tumanida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, ishchi guruh vakillari “Yorqinhayot” mahallasi hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tuman hokimi va mahalla faollari bilan birgalikda ko‘chat ekish ishlarida ham faol ishtirok etdi.

Shu bilan birga, mas’ul rahbarlar mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning taklif va muammolarini o‘rganishdi.

Tashrif so‘ngida ushbu mahalla hududida faoliyat yuritayotgan "mahalla yettiligi" a’zolari hamda BSK xodimlariga ishlarni samarali tashkil etish va aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech