Kuni kecha Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimi, tuman hokimi, hamda tuman prokurori v.v.b. boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish, navbatchilik guruhlarining zarur anjomlar bilan ta’minlaganlik holati, har bir mahallada ishonch raqamlarini tashkil etish va qum-tuz zaxirasi kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi kommunal xizmatlar avariya brigadalarining tayyorgarlik holati muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.