info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Pensiya jamgʻarmasining fuqarolarga murojaati

Pensiya jamgʻarmasining fuqarolarga murojaati
timeicon 11-01-2023

Pensiya jamgʻarmasining fuqarolarga murojaati

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining maʼlumotiga asosan, respublika boʻyicha anomal sovuq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Shu sababli, Pensiya jamgʻarmasi qariya va keksa yoshdagi fuqarolarni anomal sovuq ob-havo sharoitida uyda qolishlarini soʻraydi.

Hurmatli fuqarolar !

Ob-havo sharoitlari yaxshilangandan soʻng pensiya tayinlash uchun murojaat qilishni soʻrab qolamiz. Bunda, kechroq murojaat qilish Sizning pensiyaga boʻlgan huquqingizga taʼsir qilmaydi, yaʼni pensiyalar pensiya yoshiga yetgan sanadan tayinlab beriladi.

Bola tugʻilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi va fuqaronning vafoti munosabati bilan beriladigan dafn nafaqasi tayinlash uchun Pensiya jamgʻarmasiga murojaat qilmasdan, Xalq bankining istalgan filialiga borib, nafaqa puli olishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va modiy yordam tayinlangani yoki rad etilganligi sabablari toʻgʻrisida fuqarolarning telefon raqamlariga SMS xabarlari yuborildi. Shuningdek, fuqarolar nafaqalarni rad etilishi sabablari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar olishlari uchun maʼlumotlar mahalla fuqarolar yigʻinlariga yetkazildi. Bunda, fuqarolar bu maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasiga kelmasdan mahalla fuqarolar yigʻinlariga yoki Pensiya jamgʻarmasining 11-40 “Ishonch telefoniga” murojaat qilish orqali olishlari mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech